Hozir maktabda o’qiyoytganlar va bitiruvchilarga maslahatlar
Maktabni bitirganimga keyingi yil 10 yil bo’lar ekan! 😱
Bugun ko’pgina bloglarda kim qachon maktabni bitirgani haqida yozayapti. Men ham an’anaga sodiq qolib va vahimaliroq eshtilsin deb ’Keyingi yil 10-yil bo’lar ekan’ deb yozgim keldi 😅.
Men maktabni bitirishim menga hech qanday hissiyot olib kelmagan, ko’plar maktabni bitirganda qisman depressiyaga tushib qoladi. Do’stlaridan, shuncha yil birga o’qib katta bo’lgan sinfdoshlaridan ajralyotganligiga. Balki men 2 ta maktabda o’qiganimga shunday bo’lgandir, lekin bu voqea men uchun muhim bo’lmaganligi aniq. Yaqin sinfdosh do’stlarim bilan bir mahalla bir ko’chada turganimizga, ulardan ajralganday ham tuyilmagan. Maktabga qaraganda litsey va universitetni bitirishimda ko’proq nimadandir ajralganday his qilganman o’zimni. Chunki, maktabdagi sinfdoshlaringiz bilan bir sinfda o’qib do’st bo’lishga qandaydir ma’noda majbursiz. Lekin o’zingizni tanib, hayotdan va odamlardan nimani hohlashingizni anglab yetganingizda orttirgan do’stlaringizdan sizning hayotingizga ko’proq ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham ularni har kuni ko’rmaslik va gaplashmaslik shaxsan menga ko’proq ta’sir qilgan, ammo ko’pgina universitetdagi do’stlarim bilan har kuni ko’rishaman, ba’zilari bilan birga ishlaganligim uchun, ba’zilari bilan GDG Tashkent jamoasida birga bo’lganligimiz uchun.
Maslahatlar:
- Maktabning hozirgi o’rni menimcha oldingi bizga o’xshagan ‘kechikkan avlod’ vakillaridan ko’ra so’ngi 2–3 yilda bitirayotganlar uchun muhimroq, chunki OTM larga siz hozir 11 yil maktabda o’qib keyin kirasiz, biz paytda ‘Litsey/Kollej’ degan mashmasha bo’lgan. Bir tomondan siz vaqtdan 1 yil yutsangiz, bir tomondan sizni yangi hayotga qadam qo’yinshingiz uchun bo’lgan vaqt 1 yilga kamroq bo’ladi. Shuning uchun maktab davrini, ko’cha ko’yda sang’ib kompyuter o’ynab yoki PUBGga mukkasidan ketib emas, noqal oxirgi 2 yilini unumli o’tkazishga harakat qilish kerak! Siz maktabdan keyin OTM ga kirish yo kirmasligingizdan qat’iy nazar.
- Agar OTM ga kirishni hohlmasangiz, vaqtliroq kasb-hunar o’rganishni boshlang va imkoniyatlar qidiring! Oramizda barchani bo’lajak dasturchilar deb hisoblasak, stajirovkalar qidiring, qandaydir tekin bo’lsa ham loyihalar topib ishlang, bitiruvdan oldin kasb markazlarini bitiring. “G’alvirni suvdan ko’taradigan payt” kelganda va balog’at yoshiga yetib, ota-onangizga qisman bo’lsa ham yordam qilishingizni vaqti kelganida, Rossiyada qora ishda ishlaydigan imigrantlar zaxirasini to’ldirmasdan, shu yerni o’zida o’zingizni va kasbingizni toping. Keyinchalik ‘surib qolish’ endi o’zingizni hohishingiz 😅.
- Agar OTM da o’qishni hohlasangiz, tog’ri OTM tanlang! Jahon tillari, sharqshunoslik va qandaydir tilga aloqasi bo’lgan joylarni xorij tilini o’rganib kimdur bo’laman deb o’ylab tanlamang. Chunki hozirgi davrda, ingliz yo rus tilini bilish bu kasb emas, bu hozir ‘must have’. Vaqtingizni va mablag’ingizni bekorga sarflamang. Bu OTMni bitirib chiqganingizdan keyin kelajakda siz qanday soxalarda ishlay olasiz va hozirda talab qanaqaligini albatta ko’rib tanishib chiqing. Hozir siz va sizga o’xshaganlardan momaygina daromad qilishni istagan xususiy universitetlar ko’payib ketmoqda, biznes, management, finances va hkz larni boplab o’rgatib yotishipti. Bitiruvchilarni kelajakda kim va qanday ish qilishi bilan hech kimni ishi yo’q, barcha xususiy OTMlar ham unday emas, lekin ‘Diplom sotar’lar ko’paymoqda. Shuning uchun tanlovga katta e’tibor bering, OGOH BO’LING!.
- Xususiy OTM larda o’qimoqchi bo’lsangiz va kelajakda chet elda o’qish niyatingiz bo’lsa albatta universitetni xujjatlari va bitiruvdan keyin sizga nima taqdim etishiga qarang, qiziqing va surishtiring. Agar sizning oliygohingiz akkreditatsiyadan o’tmagan bo’lsa, keyinchalik Diplomingiz Faxriy Yorliq/Sertifikat dan farqi bo’lmay qolishi mumkin. O’zimizda ‘Diplom’ o’rniga o’tsa ham, chet el uchun, bir tiyinga qimmat qog’ozcha bo’lib qolmasin.
- Dasturchilarga Diplom ham OTM ham shart emas va har qanday soha vakili dasturchi bo’lishi mumkin! Birinchidan, bu bir tomondan tog’ri bir tomondan esa yo’q, kim bo’lishingizdan qat’iy nazar dasturchi bo’lishingiz mumkin, lekin aynan fundamental bilimlarni baribir OTM lar beradi, oddiy RAM ni qanday ishlashini yoki dasturlash tili o’zi qanday yaratilishini bilmaydigan psevdo-injiner dasturchilar orasidan joy olmasligingiz uchun ham OTM da o’qish kerak. Bu sizning kelajakda injiner bo’lib yetishishingiz va coder-dasturchi bo’lib qolib ketmasligingiz uchun muhim. Ikkinchidan, hozir har xil ‘community’ hamjamiyatlar ko’payayotgan bo’lsa ham, universitet sizga hayotingizga yaxshi ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan juda ham ko’p kontaktlar/tanishlar beradi. Uchinchidan, agar kelajakda chet elda (Europe/USA) ishlash niyatingiz bo’lsa, OTM diplomi sizga kerak, chunki Viza berish jarayonida bunga e’tibor berishadi va siz o’qigan OTM ning yo’nalishi va ratinglari ham ular uchun muhim. Shuning uchun ham ‘Dasturchilarga diplom kerak emas’ deb bong urayotgan markazlarga to’liq ishonib qolmang. O’zingizning kelajak uchun rejalaringizdan kelib chiqib ish qiling.- O’zingizni qiziqishingizdan kelib chiqib kasb tanlang! Agar dasturchi bo’lgin deb birov aytgani uchun o’qiyotgan/o’rganayotgan bo’lsangiz unday qilmang. Siz balki yaxshi dizayner bo’lishingiz mumkindir, qanday dizaynerligidan qat’iy nazar o’z ishini biladigan yaxshi dizaynerlar dasturchilardan ko’proq ham qadrlanadi ba’zida. Yoki sizni avtomobil tuzatishga iqtidoringiz bordir, mashina kuzovi bilan ishlaydigan ‘kastaprav’ usta bo’lib ishingizni qoyillatib qilsangiz, kuniga masalan O’zbekistondagi Senior dasturchilar topayotgan pulga yaqin pul topasiz. O’zingiz sevgan kasb orqali kamroq pul topsangiz ham, majburan tanlagan kasbda ko’p pul topayotganlardan baxtliroq bo’lib yashaysiz.
Hozircha shu, yana qo’shimcha fikrlar paydo bo’lib qolsa yangi postlar orqali ulashaman.
Bugun yangi hayotga qadam qo’yayotgan barcha bitiruvchilarga omad, baxt va yangi zafarlar tilab qolaman!
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal: