Hayot kalendari 📆
DISCLAIMER! Post Dushanbachilar va bugungi ishni ertaga qoldirishni odat qilib olgan insonlarga bag’ishlanadi va dinga asoslanmagan. Chunki dinga bog’laydigan bo’lsak, har bir insonning tug’ilish va bu dunyoni tark etish vaqti aniq qilib belgilangan va biz taqdirdan qochib qutila olmaymiz. Shuning uchun quyidagi gaplar dinga bog’lanmagan holda matematika va statistikaga ko’proq asoslangan.
Bugungi post JS yokida frontend haqida emas, post bugungi ishni keyinroqqa suruvchi va ko’pgina hayotidagi o’zgarishlarni ertaga qoldirishni yaxshi ko’radigan menga o’xshagan insonlar uchun. Lekin bu postda qanday qilib procrastination ya’ni ishni ertaga surmaslikni yoqotish mavzusida emas, vaqtni qadrlash haqida bo’ladi.
Oramizda men kabi hayotidagi o’zgarishlarni dushanabadan, keyingi oyni birinchi sanasidan yoki 1-Yanvardan butunlay o’zgartirib maqsadlari tomon shahdam qadam tashlab ko’rmoqchi bo’lganlar bo’lsa kerak. Lekin bu toifadagi insonlar 2 haftaga qolmasdan yana eski holatga qaytib qolishadi, albatta o’zimdan kelib chiqib aytyapman. Shu paytgacha, vaqtdan unumli foydalanish uchun juda ko’p texnikalardan foydalanib ko’rdim, kitoblar va postlar o’qidim. Lekin ularning hech biri oxirgi metodga o’xshab ishlamadi, bu metodning asosiy g’oyasi shundan iboratki, siz yashagan har bir haftangizni o’chirib borasiz va o’chirilmagan haftalaringizni ko’rib turushingiz mumkin.
O’zbekistonda o’rtacha umr davomiyligi 71 yil deb belgilangan bo’lsa, 71*52=3692 (bir yilda 52 hafta bor deb hisoblangan) bizning to’liq umrimiz 3692 hafta, undan 7 yoshgacha hayotimizni hisobga kiritmaymiz, chunki hali o’zimizni o’zimiz tanimaymiz 😅 Maktabni chiqarib tashlaydigan bo’lsak yana 11 yil vaqtimiz ketti, demak balog’at yoshi ya’ni 18 yoshga yetganimizdan so’ng bizning haqiqiy hayotimiz boshlanadi va yashash uchun o’rtacha 2756 haftamiz bor. Bundan yana O’zbekistonda belgilangan erkaklar uchun 60 yoshda nafaqaga chiqishni hisobga olib, yana 11 yilni olib tashlaymiz. 2756-(52*11)=2184 haftamiz qoldi. Endi, statistikaga asoslangan holatda biz 18–35 yoshgacha bo’lgan vaqtni eng unumli davr (inglizchasiga aytganda “most productive period”) deb hisoblasak, (35–18)*52=884 haftamiz bor. Shu 884 haftaning ichida hayotimizdagi eng katta o’zgarishlar bo’ladi va umrimiz oxirigacha ta’sirini o’tkazadigan qarorlar qa’bul qilinadi. Bulardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, vaqtimiz judayam kam, uni seriallar ko’rish, ko’chada bekor o’tkazish, o’yinlar o’ynash va birov sizni majburlab tanlatgan o’zingizga yoqmagan kasbda ishlab o’tkazish uchun o’tkazsak, umrimiz oxirida bu hayotda nimaga erishdim va o’zim orzuimdagi hayotni qura oldimmi degan savollarga javob topolmasdan ketamiz. Tog’ri hardoim ham o’sishga harakat qilish bilan va ish foydali ish bilan hayotimizni o’tkazolmaymiz, har bitta yutuqlarimiz uchun o’zimizni o’zimiz rag’batlanshitirsh uchun yuqoridagi ishlarni qilsak bo’ladi. Shogirdim Odiljon Nizomovni postlarida aytilgandek bu rag’batlantirishni o’z o’rni bor.
Oramizda OTM yokida IELTS imthonini topshirib ko’rgan odamlarlar bo’lsa, har belgilangan vaqt oralig’ida, imthon yakunigacha qancha vaqt qolganini aytib turishadi. Buni biz eshitib yuragimiz bir sapchib shu qolgan vaqt oralig’ida maximum qo’limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz. Lekin nega bu metodikani biz hayotimiz uchun qo’llamaymiz? Ahir bizning hayotimizni o’zi ham bir imthonku, undan qanday o’tishimiz barchasi o’zimizga bog’liq emasmi? Agar Gollivudning 2011 yilgi “Vaqt” (Eng. “In Time”) filmidaka qo’limizda qancha vaqtimizni ko’rsatib turadigan timerimiz bo’lganda edi, biz undan unumliroq foydalanishga harakat qilardik. Lekin buning iloji yo’q, iloji bor narsa esa yuqorida belgilangan metodika orqali o’zimizni bekorga va foydali ketayotgan vaqtimizni belgilab, qancha vaqtimiz qolganini ko’rib turish. Metodikaning yana bir maqsadi, har bir haftani uning unumliligi bo’yicha to’ldirish, ya’ni hafta uchun qilingan rejalaringizni 50% dan ko’p qismini bajardingizmi, demak katakcha 🟩 yashil rangda to’ldiriladi, aks holda 🟥 qizil rang bilan. Undan tashqari juda ham quvonchli va zo’r natijalarga erishgan haftangiz bo’lsa, uni o’zingiz hohlagandek qilib belgilab qo’shimcha belgilar qo’shib qo’yishingiz mumkin. Sizning asosiy vazifangiz yashil katakcha va maxsus belgilarni ko’paytirib borishda, huddi kompyuter o’yinlaridek o’zingizning “ochko”laringiz bo’ladi.
Menga bu texnika vaqtdan unumli foydalanishga juda ham katta foyda berdi, menga o’xshagan insonlar bo’lsa foydali bo’ladi deb umid qilaman.
P.S. Barchamiz ham 71 yoshga to’lib dunyoni tark etmaymiz, kimdur oldinroq ketadi kimdur esa keyinroq shuning uchun ham do’stlar vaqtingizni qadriga yeting.
P.S.2 Post yoqgan bo’lsa, Telegramda “+” lar qoldirishingizni so’rab qolaman 😊 yoki Mediumda qarsak (clap) 👏🏻 chalib qo’ying.
Kalendar bo’yicha ko’proq ma’lumotni quyidagi videodan olishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=KGfFunFV2Ck
O’zingizni kalendaringizni tuzish uchun manbaa:
https://labs.coruscantconsulting.co.uk/life/weeks/
Telegram kanal:
Quyida o’zimning hozrgi kalendarim ko’rsatilgan, yulduzcha qo’yilgan joy nechinchi haftada yashayotganim. Qolaversa maktab, litsey kollej paytlarini alohida ranglarga bo’yab chiqilsa bo’ladi, yuqorida berilgan link orqali.