EPAMdagi 1 yil…

Khumoyun Inoyatov
5 min readJul 25, 2022

--

Kuni kecha EPAM kompaniyasiga ishga kirganimga bir yil bo’libdi. Aniqroq aytsak, 7-May 2021-yil, kompaniya ofisiga shartnomani imzolashga borgan edim. Bir yil ham mana bir pasda o’tib EPAM Uzbekistanda, nisbatan “old school” jamoasining a’zosi bo’ldim. Xosh, shu bir yil ichidagi taasurotlar qanday bo’ldi va nimalarni boshdan otkazdim?

Kompaniyaga ishga kirdingiz degani, ishlab keta olasiz degani emas!

Ya’ni “outsource” va “outstaff” prinsiplari bo’yicha ishlashni boshlaganingizdan keyin, siz hali loyihaga ishga olinishingiz kerak, loyiha esa umuman boshqa kompaniya degani, bu kompaniyada sizga oxshagan EPAMning boshqa dasturchilari bo’lishi mumkin yoki siz umuman bir o’zingiz EPAM kompaniyasidan birinchi dasturchi bo’lishingiz mumkin. EPAM kompaniyasining rasmiy ma’lumotlariga asoslanadigan bo’lsak, 35+ davlatdagi, 60+ ofislardan birida ishlaydigan hamkasbingiz bilan bir loyihada ishlashingiz mumkin. Loyihaga qoshilish uchun ushbu loyihada ishlaydigan boshqa dasturchilar tomonidan otkaziladigan suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganingizdan keyingina, siz o’z ishingizni boshlaysiz. Agar kirish suhbatidan o’tib, loyiha suhbatidan o’tolmasangiz, sizga yana cheklangan imkonlar berilib, har bir “qovun tushirilgan” suhbatdan keyin sizga biriktirilgan RM (Resource Manager) siz bilan xato va kamchiklar ustida ishlaydi. Lekin bu imkoniyatlar tugab qolishi mumkin va shu asosda siz bilan imzolangan shartnoma bekor qilinishi mumkin. AMMO! Bu juda ham kam holatda bo’ladi va sizning o’sishingiz va ko’rsatkichlaringizga bog’liq. Kompaniya o’zidan-o’zi ishchilarini qo’yib yubormaydi.

Loyiha va uning jamoasi bilan chiqishib ketish

Yuqorida aytilganidek, sizning hamkasblaringiz boshqa davlatlardan bo’lishining ehtimolligi katta. Ammo, O’zbekistonning vaqt mintaqasidan katta farq qilmaydigan boshqa davlatdagi jamoa/loyihaga qo’shilasiz (e.g. Russia/Ukraine/Georgia and etc.) Bu sizning ishingiz unumdorligi va kechasi ishlab, kunduzi uhlashingizga tog’ri kelib qolmasligini o’ylab qilingan. Bundan tashqari, jamoa a’zolari boshqa millat vakillari bo’lganidan keyin, ular bilan chiqishib ketishingiz kerak. Siz faqat toza “o’zbekcha” jamoada ishlab yurgan bo’lsangiz, sizga bu holat ba’zi bir qiyinchiklarni olib kelishi mumkin. Bu holatda ham sizga RM yoki PM (Project Manager) yordam berishi mumkin. Lekin umuman olganda sizni soft-skillaringizni ustida siz bilan birga RM ko’proq ishlashi kerak (Albatta bunga zaruriyat bo’lsa). Masalan mening holatimda, mening RMim o’zining qimmatli maslaxatlarini berib, hozirgi holatimga olib keldi. Ya’ni “ruslashgan” muhitda qanday ishlash kerak, hamkasblarga qanday muomila qilish kerak va qanday gaplashish kerak. Uning menga bergan eng katta maslahati hamkasblar orasida “На ты”, sensirab gaplashishni o’rgatdi va bunga o’rganishimga meni majburladi. Qanday qilib deysizmi? Sansirashni mendan boshla degan holatda 😅. Rus tilim ancha yaxshi (accent bilan gapirishimni hisobga olmasa), ja ona tilmdek gapira olmasam ham, fikrimni bemalol ifodalab tushuntirib bera olaman. Lekin buni o’zi ba’zida kamlik qildi va jamoa bilan kirishib ketish uchun RMimning maslahatlariga quloq soldim. Bu albatta, birinchi bo’lib xato ustida ishlashdan boshlandi, men birinchi loyihamda jamoa bilan yaxshi chiqishib keta olmadim, ikkinchisida esa, maslahatlarga quloq solgan holatda, hudoga shukur maza qilib ishlab yuribman.

Ishchining hayotida, RMning o’rni

RM (Resource Manager) — sizning kompaniyada eng “yaqin” insoningiz. Ya’ni sizning muammolaringizni hal qilishga yordam beradigan, yo’l-yo’riq ko’rsatadigan, o’sishingizga yordam beradigan va siz bilan yoki sizda bo’layotgan muammolarni hal qiluvchi inson. Mening kompaniyaga ishga kirganimdagi eng katta yutuqlarimdan biri, juda ham tajribali dasturchi va inson qo’liga tushganim deb o’ylayman. Shu 1 yil davomida, mening o’sishimga yordam bergan ham RMim desam notog’ri bo’lmaydi. Ayniqsa “corporate culture” ya’ni kompaniya qadriyatlarini o’rganish va unga moslashishga menedjerimdan yordam oldim. Undan tashqari, men ham RMlar maktabini bitirib, o’zimni RM sifatida sinab ko’rdim va hozirda 6 kishiga RMlik qilmoqdaman. Bu soxada hali ko’p narsalarni o’rganishim kerak, lekin hozir 8 oy davomida yig’gan tajribam kundalik hayotda ham yordam bermoqda. Kompaniyaga ishga kirgan yangi kadrlarning asosiy muammosi aynan shu RMning kimligi va uning o’rnini bila olmaslikda bo’ladi. Chunki, sizda qanday muammo bo’lmasin, birinchi o’rinda RM bilan maslahatlashish kerak. Muammolardan tashqari esa, RM sizga darajangiz va yo’nalishingizga qarab, sizning keyingi qadamlaringiz uchun maslahatlarini beradi va PDP (Personal Development Plan — Shaxsiy O’sish Rejasi)ni tuzishga ko’maklashadi. Hozirgi men uchun tuzilgan rejaga asosan, men tez orada Seniorlikga ko’tarilish imthonidan o’tib, lavozimim oshishi kerak. Ammo bu jarayondan o’zim bir oz qo’rqib turibman. Hudo hohlasa kuzgacha rejani amalga oshirish kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kompaniyadigi sizni “tutingan akangiz” bu sizning RMingiz bo’ladi va har qanday holatda unga suyanishingiz mumkin.

Katta kompaniyadigi kichkina ishchi

Yuqorida aytib o’tilganidek, sizning asosiy jamoangiz O’zbekistondagi ofisdan bo’lmasligini imkoniyati katta. Shuning uchun ham, siz hamkasblaringiz bilan yelkama yelka turib, ular bilan tanishib do’st bo’lib ishlamaysiz. Bu nafaqat EPAM, balki umuman barcha katta kompaniya ishchilarida kuzatiladigan holat. Shuning uchun, ishchilar o’zlarining qiziqishlari va dunyo qarashlariga qarab bo’linib guruhlanishadi. Undan tashqari, kompaniyada korporativ ruhni oshirish uchun, ora-orada “team-building” va bayramlarga atalgan yig’ilishlar o’tkazilib turiladi. Masalan, fudbol, tog’u-toshlarga chiqish, kemping va hkz. O’zingiz o’ylab ko’ring, kompaniyaning bir ofisini o’zida 400 kishi ishlasa va bu son kundan kunga oshsa, ularni qanday qilib yig’ish mumkin? Xatto eng katta to’yxonada ishchilarni yig’ishning ham jismonan iloji yo’q 😅. Shuning uchun bu holatni EPAM kompaniyasining muammosi emas, katta kompaniyalarning “minus” tomoni deb hisoblaymiz. O’zingizni kompaniyada yolg’iz his qilmasligingiz uchun, yuqorida aytib o’tilgan ishdan tashqari “activity”larda faol bo’lishingiz kerak. Barchasi o’zingizga bog’liq.

Ishdan tashqari nimalar bilan shug’illanish mumkin?

Sizni vaqtincha loyihangiz bo’lmasa yoki ishdan tashqari bosh vaqtimni ajrata olaman desangiz, loyihalarga suhbatdan o’tishdan tashqari siz har xil qo’shimcha vazifalar bilan shug’illanishingiz mumkin.

Masalan, kanalimni oldindan kuzatib borsangiz RS (Rollling Scopes) School online dasturlash maktabida dars berganim haqida postga ko’zingiz tushgan bo’lishi mumkin. Bu ham qo’shimcha vazifa sifatida olingan mashg’ulot edi. Undan tashqari, middle yo senior pozitsiyasida ishlashingizga qarab, bosqichdan bosqichga o’tayotgan hamkasblaringizni o’zingizning stackingiz bo’yicha savol javob qilib suhbatdan o’tkazishingiz mumkin. Buning uchun oldin o’zingiz huddi shunday suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishingiz kerak. Yoki kompaniyaga intern (a.k.a student) lavozimda olingan insonlar uchun o’zingizning stackingiz bo’yicha dars berib o’quvchilaringizni darajasini oshirishga yordam berishingiz mumkin. Yana bir qo’shimcha mashg’ulot, bu kompaniya haqida bilimlarni, universitet va institutlarda o’tkaziladigan maxsus sessiyalarda gapirib beruvchi speaker sifatida qatnashishingiz mumkin. Bular orasiga RMlikni ham qo’shish mumkin.

Agar siz kamida Senior darajasida bo’lsangiz, rasmiy interview oluvchilar kursini bitirib chiqib, kompaniyaga kirish interviewlarini ham olishingiz mumkin.

Yuqorida keltirib o’tilgan deyarli barcha mashg’ulotlar uchun yilda bir marotaba oylik ish haqidan tashqari bonus ham belgilanishi mumkin. Xullas qilaman desangiz ish ko’p, agar faqatgina o’zingizni ishingiz bilan shug’illanmoqchi bo’lsangiz ham sizga hech kim qo’shimcha ishni qilgin deb aytmaydi. Barchasi o’zingizga bog’liq. Lekin qo’shimcha vazifalar, huddi o’yinlardagi qo’shimcha missiyalardek gap, asosiy syujetga ta’sir qilmaydi, lekin yoqimli bonus va konikmalarga ega bo’lish mumkin. 🙂

Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.

Telegram kanal:

Khumoyun Codes

--

--