Bizning eng katta muammoyimiz nima?
Sizlarning eng katta muammoyingiz til bilmasligingizda! — deb sahnadan auditoriyaga qarab Sardor aka Islomov GDG Tashkentning qaysidir tadbirlaridan birida aytgan edilar. Shu mavzuda endi quyida biroz chuqurlashamiz.
Til bilmaslik qanchalik muammoligini biz tushunib olish uchun hardoim qaytarilib siyqasi chiqib ketgan bir gapni qaytarib o’tishimiz shart, ya’ni Rus Tilini bilsangiz SNG mamlakatlariga chiqasiz, Ingliz tilini bilsangiz butun dunyoga chiqasiz.
Ingliz tilini bilish nega shunchalar muhim?
Bunga bir nechta sabab keltirishimiz mumkin va bu sabablar u yoki bu dasturchining boshidan o’tgan va hozir o’tayapti.
O’rganish uchun ingliz tilini bilishni muhimligi
Tasavvur qiling umuman yangi texnologiya/kutubxona chiqdi, uning nomi “Reanvue” va kutubxona muhandislari unga dokumentatsiya yozishdi. Dokumentatsiya qaysi tilda bo’ladi deb o’ylaysiz? Albatta ingliz tilida! Keyin boshqa dasturchilar u haqida o’z Twitterlari va bloglarida INGLIZ tilida yozishni boshlashdi. Kutubxona shunchalar ommalashib kettiki, u haqida texno-bloglarda INGLIZ tilida maqolalar chiqishni boshladi. Ba’zi bir vizuallar INGLIZ tilida yozilgan dokumentatsiyani o’qib o’rganib INGLIZ tilida videodarsliklar olib uni YouTube ga joylashdi. Kundan kunga yangi kutubxonaga talab katta bo’lganligi uchun va o’rganish osonlashtirishga, adabiyot ya’ni kitob kerak bo’ldi va nashriyot eng yaxshi texno mualliflardan biriga “Reanvue” haqida kitob yozib berishiga buyurtma berdi va kitob yozilib INGLIZ tilida chop etib chiqarildi. Orada rus zabon lekin INGLIZ tilini biladigan dasturchilar uni o’rganib o’zlari ham boshqalarga o’rgatishni boshlashdi va oxir oqibat 1000 ta dasturchi entuziastlardan biri bu texnologiylani o’rganib sizning ona tilingizda maqola yoki video tayyorlab chiqazdi. Va siz uni ochib o’qib o’rganib o’zingiz uchun yangi kutubxona haqida ma’lumot oldingiz. Lekin siz o’qib o’rganguningizgacha kutubxonani yangligi qolmadi 😁. Nega deydigan bo’lsak hardoim, har yerda eng yangi texnologiyalar haqidagi ma’lumotlar faqat va faqat INGLIZ tilida yoziladi. Siz o’zbek tilida kontent chiqishini kutib o’tirguningizgacha ingliz tilini o’qib/eshitib tushunadigan qaysidir dasturchi uni oldida o’rganib qo’ya qoldi, ishi yengillashdi va yaxshiroq oylik maosh olishni boshladi. Siz esa hali ham birov menga ona tilimda yangi kutubxona haqida video qilib berarmikin deb o’tiribsiz 🥲.
Ishga kirish uchun ingliz tilini muhimligi
Ikki do’st Ali va Vali dasturlashni o’qishni birga boshlashdi ikkalasi ham bir xil darajada dasturlashni o’rganishdi va oxir oqibat kursni tugatib ishga kirishga harakatlar boshlashdi. Ali Ingliz tilini bilganligi uchun kirish suhbatlari ingliz tilida bo’lsa ham xalqaro kompaniyalarga qiziqib qolib ularga birin ketin topshirishni boshladi, u soxada tajribasi bo’lmasa ham, yaxshi o’zlashtirganligi uchun bir dunyo takliflar kelib tushdi va Ali ularning orasidan o’zi uchun eng yaxshisini tanlab olib pullik stajirovkaga ishga kirib ketti. Vali esa ingliz tilini bilmas edi, shuning uchun u har bir yaxshi yomon kompaniyalar tarqatgan vakansiyalarni o’qib chiqib har birini eshigini taqillatib chiqishni boshladi. Barcha unga bir gapni aytishda davom etaverdi: “Bizga tajribali dasturchi kerak”. “Lekin tajribali dasturchi bo’lish uchun ish bo’lmasa, qanday qilib tajriba orttiriladi?” deb ichida o’ylar edi Vali. Yaxshi kadrni o’zi yetishtirib chiqazishni hohlamaydigan va faqat pulni o’yladigan mahalliy kompaniyaldan Valini ko’ngli so’nib ketti. Orada Ali ishda to’liq ish kuniga ishga kirdi va bo’sh vaqtida chet eldan kelgan buyurtmalarni ustida ishlash uchun frilanserlik platformalaridan ish olishni boshladi. Bir yil vaqt o’tgandan so’ng, Ali va Vali ko’rishib qolishganda, Ali ishlari zo’rligi, chet ellik hamkasblari bilan online muloqotlari, kompaniyada mid darajasiga ko’tarilgani, ishdan tashqari ham Avstriyalik buyurtmachilar bilan ishlayotganligi haqida gapirib berdi. Bu entuziazmga boy Alini hikoylaridan so’ng, Vali, 2 oy oldin axiri topib kirgan ishida, stajer bo’lib ishlayotgani haqida gapirishga tili aylanmay qoldi 😐.
Bu ikki qissani o’qib bo’lgan bo’lsangiz, shaxsiy tajribamda huddi shunday voqea bo’lganligini aytib o’tishimni hojati yo’q menimcha. O’quvchilarim orasida ham shunga o’xshash voqealiklar bo’lib o’tdi. Til bilmasingizdan oldin sizga 10 ta eshikdan bittasi ochiq bo’lsa, til bilsangiz 10 tadan kamida 8 tasi lang ochiq turgan bo’ladi. Hamma eng oxirgi aktual ma’lumotlar ingliz tilida bo’ladi, eng ko’p yaxshi adabiyotlar va kurslar ham ingliz tilida bo’ladi, eng tekinligiga qaramasdan foydali kontentlar ham ingliz tilida bo’ladi. Hozirgi davrda til bilish kasb emas, zaruriyatga aylanib qoldi (til deganda ingliz tili nazarda tutilyapti). Bu faqat IT soxasiga tegishli emas, kundan kunga barcha soxalarga ingliz tili kerak bo’lyapti va globallashuv zamonida, tilga talab ortsa ortadiki lekin kamaymaydi.
Qissadan xissa:
INGLIZ TILINI O’RGANING!
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal: