“Bekorchi dasturchilar”
“Kompyuter o’ynayvermasdan qarashsang/ish qilsang/ish topsang bo’lmaydimi?”
Hech shunday gapni oila a’zolaringizdan kompyuterda biron bir narsa o’qib, o’rganib yoki ishlab o’tirganingizda eshitganmisz? 😅 Menimcha katta ehtimollik bilan eshitgansiz, kompyuterni o’yin o’ynash uchun ishlatinishi haqidagi fikr ba’zi katta yoshli insonlarning ongiga o’tirib qolgan.
Oramizda oilasi tomondan tanlagan kasbiga va qiziqishga ishonch bildirilmayapgan do’stlarimiz bo’lsa kerak, men sizga bir sirni aytaman bu hali boshlanishi 😂 Oilangizdagi muammolar ba’zi urush-janjallar, yig’i-sig’ilar, tushuntirishlardan so’ng birinchi marotaba oylik maoshingizni kelib ota yoki onangizni qo’lligiga topshirib duo so’ragan paytingizgacha davom etadi. Bu meni ham, do’stlarimni ham, qolgan tanishlarimni ham boshidan o’tgan. Bu yerda eng muhim narsa, o’sha birinchi maoshni olib kelib, duoni olib bo’lib, uydagilarga tushuntirish bo’ladi. “Onajon/Otajon, bu men shu kompyuterimda qilgan ishlarim uchun berilgan oylik maosh, men kompyuter o’ynamayman ish qilaman, Hudo hohlasa bu endi boshlanishi, 1–2 yilda, bundan 5–10 barobar ko’p maosh to’lashni boshlashadi. Sizlarni o’zim yukingizni yengil qilaman” desangiz bas, sizni va ishingizni oila a’zolaringiz tushunishni boshlashadi.
Lekin ungacha ham tushuntirishga harakat qilib ko’ring, ular ham odam, ular ham fikrlashadi, faqat osonroq tushuntiring 😅 chuqurlashib ketmasdan, terminlar bilan emas, oddiy tilida va oson misollar bilan. Ja bo’lmasa telefoningizdan YouTube ga kiringda, dasturchi akalarimizni interviewlaridan qo’yib bering, masalan do’stimiz Darhonbekni “Osmondagi Bolalar” ko’rsatuvi uchun bergan interviewlarini. Ko’rsatuvning bu soni menimcha sizga va oila a’zolaringizga sizni tushunishda va qo’llab quvvatlashni boshlashda juda ham katta foyda beradi.
Undan tashqari, “mana shu kursni tugatay, yaxshi ishga kiraman”, “9 oy o’qisam bo’ldi ekan, keyin ishga chiqaman” deb va’da berishdan oldin bir o’ylab ko’ring. Hamma ham bir deganda ish topib ishga kirib ketolmaydi, shunday vaziyatda “Shuncha vaqt tegmadik, ish qani endi?” deb so’rab qolishlari mumkin. Yaxshirog’i, “Shu kursni tugatib olsam, ishga topshirib ko’rsam bo’larkan, mana men o’rganayotgan narsalarni bilganlarga shunaqa ishlar bor ekan, men ham harakat qilib ko’rib, o’zimga tog’ri kelganiga nasib qilsa kiraman, faqat to’gri keladiganini topishga bir oz vaqt ketarkan” deng.
P.S. Bu hali boshlanishi deganimning sababi bor, bugun bir narsani bilib qoldim, ba’zi qo’shnilarim meni hech qayerda ishlamaydi kuni bo’yi uyda o’tiradi deb o’ylashar ekan 😁. Undan tashqari, 3–4 oy oldin, urf-odatlarga asosan uchrashuvga chiqmasimdan oldin, bir qizning otasi suxbatga chaqirganda, “Nima ish qilasiz, kasbingiz nima?” deganda, dasturchiligimni qanday va nima ishlar qilganimni tushuntirib bersam, “Bolam, hafa bo’lmangu, men qizimni qo’lida hunari bor, biron kasbni boshidan tutgan, qo’lidan bir ish keladigan bolaga uzatmoqchiman, man nima qilishizni tushunmadim to’g’risi, o’zingizga mosini topganingiz ma’qul” degandilar. Men ham bu gaplardan bir g’alati bo’lib, mayli deb chiqib keta qoldim, bo’lmasa yana nima deb tushuntirib berishim mumkin 😅 It’s was not written.
Qissadan xissa: Siz yomon ish qilmaysiz, halol pul topasiz, lekin buni odamlar tushunib yetib, sizni qo’llab quvvatlashi uchun vaqt kerak. Sabr qiling 😌
Darvoqe, Darhonbekni kanallarini bilmasangiz: https://t.me/TenxEngineer
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal: